O'zb  | 

Foydalanish qo'llanmasi

Shaxsiy kabinet bu imkoniyat DAK "O'zbekenergo" maishiy iste'molchilariga Internet orqali o'zlarining quyidagi shaxsiy ma'lumotlarini ko'rishlari uchun berilgan:

- xisoblagich ko`rsatkichlarini ko`rish;
- shaxsiy hisob-raqamining to'lovlar bo'yicha joriy holati;
- qarzdorlik miqdori;
- to`lovlar tarixi;
- telefon raqam o`zgartirish;
- talabnoma va arizalarni kiritish;
- xisob-kitoblarni tarkibiy qismlari bilan ko'rish.


Shaxsiy kabinet foydalanish uchuntuman elektr korxonasiga kelishingiz lozim. U yerda operator sizningxozirligingizga Siz ko'rsatgan mobil telefon raqamini ma'lumotlar ,azasiga kiritishi zarur. Shundan so'ng, qayd etilganlikni tasdig'i sifatida mobil telefoningizga SMS xabar olasiz, unda Sizning login (12 raqamli son)ningiz Shaxsiy kabinetga kirish uchun yuboriladi. Parol olish uchun Shaxsiy kabinetda login maydoniga loginingizni kiriting, kiritilgan raqamlarni mosligini tekshiring va "Parol olish" knopkasini bosing. Parol sizga SMS-xabar ko'rinishida yuboriladi. Olingan parolni kiriting va "Kirish" tugmasini bosing. Agan bu barcha amallar to'g'ri bajarilgan bo'lsa, Siz shaxsiy kabinetning Sizning shaxsiy sahifangizga kirasiz.


Diqqat qiling!
Barcha ma'lumotlar konfidensial bo'lganligi sababli, ularni Internet orqali olingandan so'ng, saqlanishiga o'zingiz kafolat bo'lishingiz lozim. Bu olgan ma'lumotingizni ko'rgandan so'ng, har doim "Tizimdan chiqish" tugmasini bosib tizimdan chiqing, hamda "Internet-brauzer" oynasini yoping. Hech qachon ma'lumotingizni kompyuter ekranida ochiq holda qoldirmang, chunki bu ma'lumotlarni begonalar ham ko'rishi mumkin. Muhofaza nuqtai nazaridan "Shaxsiy kabinet" ning faoliyat ko'rsatmaslik vaqti - 10 minut qilib belgilangan, ya'ni 10 minut davomida "Shaxsiy kabinet"dan foydalanmasangiz, tizimdan avtomat ravishda chiqarib yuborilasiz. Bunday holda "Shaxsiy kabinet"dan foydalanmoqchi bo'lsangiz unga kirish amallarini qayta bajaring.